<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><title>Togʻlarga Koʻzlarimni Q79</title>
<lyrics>[V1]
 Togʻlarga koʻzlarimni tikaman,
 Menga madad qayerdan kelar ekan?
 Xudovand yeru osmonni yaratgan,
 Unda kelar menga madad.

[C1]
   Oyoqlarim qoqilishiga U yoʻl qoʻymagay,
   Mening qoʻriqchimdir U uxlamagay.
   Ha Isroilning qoʻriqlovchisi mudramas,
   U mijja ham qoqmas aslo.

[V2]
 // Xudovand mening qoʻriqchimdir,
 Oʻng tomonimdagi soyabonimdir U.
 Kunduzi quyosh meni urmas,
 Kechasi oy menga zarar yetkazmas. //

[V3]
 Har badbaxtlikdan meni asrar,
 Jonimni ham qoʻriqlar Xudovand.
 Hozirdan boshlab to abadga qadar,
 Chiqish va qaytishimni Xudovand asrar.</lyrics>
<hymn_number>79</hymn_number>
</song>